O’zbekiston venchur investitsiyalar asotsiatsiyasi IT-Park bilan hamkorlikda Online-Open-Pitch loyihasini boshladilar!


Ma’lumki, COVID-19 pandemiyasi haqidagi so’nggi yangiliklar sababli, O’zbekistondagi barcha universitetlar, maktablar va boshqa ta’lim muassalari karantin uchun yopildi. Ushbu vaziyatning ajralmas qismi sifatida biz o’zimizni va yaqinlarimizni himoya qilish maqsadida masofaviy ta’lim olish, o’z mahoratimizni oshirish va o’z faoliyatimizni internetda davom ettirish naqadar muhimligini tushunamiz.

Shu sababli, O’zbekiston venchur investitsiyalar asotsiatsiyasi (UZVCA), IT-Park, ATB “Universal Bank” va “Centil Law” venchur partnyor bilan birgalikda har haftalik ochiq onlayn pitch sessiyalar loyihasini (investorlarga taqdimotlar) boshlanganligini e’lon qiladi.
Loyiha doirasida startap asoschilari o’z loyihalarini mahalliy va xorijiy venchur investorlarga, venchur fondlar vakillariga, biznes-angellarga ochiq shaklda taqdim etishlari mumkin.

Ushbu loyiha startap tashkilotchilarga:

  • investorlarning fikrlarini olishga;
  • investitsiya jalb qilish va mentor, sheriklarni jalb qilishga imkon beradi.

Startaplar bilan quyidagi investorlar online ravishda suhbat qiladi — UZVCA a’zolari bo’lgan “Astron”, “Sturgeon Capital”, “RB Asia”, “Altergate”, “Yellow Rocket” venchur fondlari, shuningdek individual venchur investorlar va biznes-angellar klubi.

Investitsiya strategiyasi:

  1. Investitsiyalar barcha sohalarga qaratilgan — EduTech, MedTech, SciTechdan boshlab GameDevgacha va boshqalar;
  2. Taklif etiladigan sarvoya – startap rivojlanish holatiga qarab, 15 ming AQSh Dollardan boshlab (sum ekvivalentida);
  3. Investitsiyalarning shakli — kollektiv investitsiyalash (co-investment) va boshqalar;
  4. Loyihadagi ulush — rivojlanish bosqichiga qarab 30% gacha;
  5. Loyihaning rivojlanish bosqichi – MVP shakllanayotgan davr (pre-seed stage) va undan keyingi bosqichlar;

Qatnashish shartlari:

  1. Loyihada ishtirok etish bepul.
  2. Arizalar O’zbekiston Respublikasining barcha viloyatlaridagi startaplardan qabul qilinadi.
  3. Loyiha ZOOM platformasida ochiq formatda o’tkaziladi.
  4. Taqdimot vaqti 5 daqiqa + 10 daqiqa savol / javob uchun.

Loyihada qatnashish uchun:

  • startap jamoalar uchun: prezentatsiyani tayyorlash kerak va quyidagi web-sahifa orqali ro’yxatdan o’tish kerak: https://forms.gle/f7pR8uQGSJxajmVV9
  • investor sifatida qatnashis uchun: quyidagi web-sahifa orqali ro’yxatdan o’tishingiz kerak: https://forms.gle/CG45H2NBq2CvBygdA

Eng yaxshi startaplar, online-sessiyani o’tganidan so’ng investorlar bilan keyingi muzokaralar uchun yopiq sessiyalarga taklif qilinadi.

Kelayotgan va bo’lib o’tgan sessiyalar haqidagi yangiliklar O’zbekiston venchur investitsiyalar uyushdamasining telegram kanalida (https://t.me/uzvca), IT Park telegram kanalida (https://t.me/itpark_uz ) va ijtimoiy tarmoqlarda olib boriladi.

Birinchi ochiq onlayn sessiya 2020 yil 23 mart dushanba kuni soat 15:00 da bo’lib o’tadi va unda quyidagi startaplar qatnashadi:

  • Mammo Cancer AI (MedTech)
  • Roboteach (EduTech)
  • Online ta’lim (EduTech)
  • Pereday (Logistics)
  • iTake (Marketplace)

Share

Add Your Comments

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *